O‘zbekistonda “Leapmotor” brendiga tegishli yengil avtomobillar importiga qo‘yilgan cheklov qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Inspeksiyaga ko‘ra, “Leapmotor” korxonasiga qo‘yilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda ushbu kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular ishtirokida mahsulot sinovi qayta o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda Xitoyning “Leapmotor” brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli to‘xtatilgani xabar qilingandi. Bunga shu brendga tegishli S16 avtomobilida aniqlangan kamchilik sabab sifatida keltirilgan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining mazkur transport vositasida hosil bo‘ladigan elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilgan chegaradan 16 barobar yuqori ekanini ma’lum qilgan.
Jamoatchilik vakillari bu harakatni mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bozorni tozalashga urinish deb baholamoqda.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonda «Leapmotor» avtomobillarining importi vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekistonda «Leapmotor» brendiga tegishli yengil avtomobillarning sertifikatlash jarayoni vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan berilgan rasmiy

Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari