AQSh Milliy xavfsizlik kengashining bir nechta yuqori martabali amaldori 3 aprel kuni egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, deb Reuters xabar berdi.
“Vaziyatdan xabardor uch kishining so‘zlariga ko‘ra, payshanba kuni ertalab Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining bir nechta direktori lavozimidan bo‘shatilgan”, — deyiladi xabarda.
Manbalar ishdan bo‘shatish sababi haqida aniq ma’lumot bermagan, biroq ikki suhbatdosh bu holatni amaldorlarga nisbatan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bilan bog‘lagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ishdan ketganlar orasida texnologiya va milliy xavfsizlik bo‘yicha katta direktor David Fayt ham bor.
So‘nggi haftalarda Donald Tramp jamoasi faoliyati bilan bog‘liq bir necha mojarolar yuzaga keldi. Jumladan, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Volts ikki bor shubhali vaziyatlarda tilga olindi. Avvaliga u Yamandagi husiylarga qarshi zarbalar haqidagi maxfiy ma’lumotlar tarqalishida tilga olindi. Keyinchalik uning yordamchilari harbiy masalalarni shaxsiy Gmail orqali muhokama qilgani oshkor bo‘ldi.
Shundan so‘ng OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ma’muriyatdagi ayrim shaxslar Mayk Voltsning iste’fosini talab qilmoqda.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,

Chiroyli turmushning xunuk yakuni va ikkinchi urinishda topilgan baxt: xonanda Ruxshona 31 yoshda
Xonanda Ruxshona 21 mart kuni 31 yoshni qarshi oldi. Hamisha baxtlidek ko‘rinadigan xonandaning ham o‘ziga yarasha muammolari va armonlari bor. Siz bolalik travmalari bilan ulg‘aygan, erta mehnat