
Pfizer semirishga qarshi Danuglipron dori vositasi ustidagi ishlarni to‘xtatdi, deb bloomberg.com xabar berdi. Sabab — klinik sinovlarda bir ishtirokchida jigar bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya ta’sir aniqlandi.
Kompaniya bu qaror orqali vazn kamaytiruvchi dorilar bozoridagi yetakchilar — Novo Nordisk va Eli Lilly bilan raqobatni to‘xtatishi mumkin. Pfizer sinovlarning so‘nggi bosqichini o‘tkazmaydi va e’tiborni semirishga qarshi erta bosqichdagi yechimlarga qaratadi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, COVID-19 davrida katta daromad olgan Pfizer endi vazn yo‘qotish bozorida faol harakat qilmoqchi edi. Bu soha 2030 yilga kelib 130 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.