[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+36°
пасмурно ветер 1 м/с, СВ

Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi

Jamiyat 60
Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Davlatobod tumanidagi zapravkada yuz bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 25 mart kuni soat 17:58 da Davlatobod tumani «Nurobod» MFY Ququmboy shohko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:03 da hodisa joyiga yetib borgan va soat 18:06 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida Damas avtomobili to‘liq yonib zararlangan.

«Yong‘in oqibatida kuyib, tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmadi. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Ikkilamchi bozorda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi. Mahalliy ommabop
Avto 14:43, 18-03-2025
O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish oshdi, Damas kamaydi
O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt ishlab chiqarish oshdi, Damas kamaydi
2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda 5,7 ming dona Chevrolet Cobalt ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 68% ko‘p. Damas ishlab chiqarish esa 28,5% kamayib, 2,8 ming donani
Avto 21:23, 24-02-2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
2024 yilda global miqyosdagi avtomobillar sotuvi 88,2 million donani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. Xo‘sh, o‘tgan yili avtomobil sanoatida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? LMC
Avto 17:57, 23-03-2025
O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan Chevrolet modellari
O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan Chevrolet modellari
O‘zbekiston yo‘llarida Chevrolet avtomobillari yetakchilik qilmoqda. 2024-yilda mamlakatda eng ko‘p sotilgan modellar orasida Chevrolet Cobalt, Chevrolet Damas, Chevrolet Tracker, va Chevrolet Onix
Avto 17:21, 9-03-2025
Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilmoqda?
Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilmoqda?
Statistika agentligi Oʻzbekistonda qaysi avtomobillar eng koʻp ishlab chiqarilayotganini ma'lum qildi. E'lon qilingan tahlilga koʻra, Oʻzbekistonda yanvar oyida yengil avtomobillar ishlab
Avto 18:59, 25-02-2025