[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+23°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi

Jamiyat 51
Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida 52 ta radar kamerani tosh bilan urib sindirganini aytgan fuqaroning murojaati tarqaldi.

«Achchiq ustida, jarimalar ko‘p kelaverganiga, ko‘chada – markaziy joylarda turgan jami 52 ta kameraga zarar keltirdim. Ekspertlar jami zararni o‘rganib chiqib, 1 milliard so‘m zararni yelkamga ilib qo‘yishdi. Zarar ko‘rib, kattaroq zararga tushib qolganimni bilmay qoldim. Mashinam ham jarima maydonida. Shu yoshimga kelib 1 milliard pul ushlamaganman», – deydi u.

Shuningdek, u o‘z murojaatida plastik karta raqamlarini qoldirib, fuqarolardan zararni qoplash uchun imkon qadar moddiy yordam so‘ragan.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati Kun.uz'ga bergan izohida mazkur holatni tasdiqlab, 1976 yilda tug‘ilgan Mahmudjon Sirojiddinov Andijon shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan kameralarga pnevmatik miltiq bilan zarar yetkazganini ma’lum qildi.

«M.S. Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan «TELECOM SOFT» MCHJga tegishli bo‘lgan 51 dona «Hikvision» rusumli yo‘l harakati qoidalari buzilganini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona «Hikvision» rusumli radar kompleksiga, o‘ziga tegishli bo‘lgan «SRKET» rusumli pnevmatik miltiqdan o‘q otish orqali qasddan shikast yetkazgan.

Ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, moddiy zarar miqdori jami 1 milliard 147 million so‘mni tashkil qiladi», – deyiladi Andijon viloyati IIB taqdim etgan ma’lumotda.

Holat yuzasidan Andijon shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksi 173-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, IIB rasmiysiga ko‘ra, ayblanuvchiga nisbatan hozircha hech qanday ehtiyot chorasi qo‘llanmagan.

Jinoyat kodeksining 173-moddasi «v» bandida – «ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda» o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish harakati uchun javobgarlik belgilangan. Ushbu huquqbuzarlik uchun BHMning 75 barobari miqdoridan jarimadan boshlab 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari mavjud.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahridagi zarar yetkazilgan radarlarni o‘rnatgan tashkilot – «TELECOM SOFT» MCHJ Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan. Kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat yuritadi, kompaniyaning 90 foizdan ortiq hissaga ega ta’sischi – «O‘ZBEKTELEKOM» AJ hisoblanadi.

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda Manzura: “Yosh koʻrinishimning birinchi siri — turmush qurmaganimda”
Xonanda va aktrisa Manzura 21 fevral kuni 47 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan muvaffaqiyatga erishguniga qadar katta qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ijodkorning hayot yoʻllariga nazar
Madaniyat 23:10, 24-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025