
Xabaringiz bor, 1 dan 5 aprelgacha Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bugun 3 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.
Erta tongda -70 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldarov va Polsha vakili Damian Durkach qarama-qarshiligi yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.