2025 yil yanvar oyida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” safiga qo‘shildi. Oradan bir oy o‘tib, u jamoa muxlislari tomonidan fevral oyining "eng yaxshi futbolchi"si deb topildi. Husanov bu sovrinni Erling Holand, Yoshko Gvardiol kabi yulduzlarini ortda qoldirgan holda qo‘lga kiritdi.
Biroq hozirda yosh futbolchi uchun hammasi unchalik silliq ketayotgani yo‘q. U so‘nggi o‘yinlarda asosiy tarkibga kiritilmayapti. Abduqodir “Lester”ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmagan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” hamda “Kristal Pelas”ga bilan o‘yinlarda zaxirada qoldirildi.
Shunga qaramay, ko‘plab muxlislar Husanovga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmagan. Ularning fikricha, himoyachi hali o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishga ulgurmagan xolos. Setanta Sport nashri “shaharliklar”ning oxirgi o‘yini oldidan muxlislarning Husanov haqidagi fikrlari bilan qiziqdi. Quyida sizlarga uni taqdim etamiz.
"Abduqodir Husanov juda yosh, chaqqon va raqib harakatlarini oldindan sezadi. Menimcha, u “Manchester Siti” uchun kelajakda juda foydali futbolchiga aylanadi", deydi klub ishqibozlaridan biri.
Yana bir muxlis esa shunday deydi: "Husanovda o‘ziga bo‘lgan ishonch kuchli. Maydondagi harakatlari Gvardiola falsafasiga mos keladi. Unga hali ko‘p imkoniyat beriladi — bunga shubham yo‘q."
Bundan tashqari, muxlislar orasida Husanovning o‘yini bo‘yicha turli fikrlar mavjud:
"Do‘stim Pavel aytganidek, u ajoyib tezlikka ega. Abduqodir bundan keyin “Manchester Siti” uchun juda foydali futbolchiga aylanishi mumkin. Uning yoshligi va chaqqonligi tahsinga sazovor", deydi boshqa bir muxlis.
"U hali o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmadi, lekin kelajakda top darajadagi futbolchiga aylanadi, bunga shubham yo‘q", deydi yana bir ishqiboz.
Qayd etish joizki, muxlislar allaqachon Husanovning ismi tushirilgan liboslarda stadionda ko‘rinish bera boshladi. Ayni paytda esa “Etihad”da eng ko‘p sotilayotgan futbolka hali ham Kevin de Bryuynega tegishli. Lekin “Siti”ning yaponiyalik muxlisi yaqin vaqtda Abduqodirning liboslari ham bu qatordan joy olishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirda “Manchester Siti” Angliya Premer Ligasi jadvalida 55 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. “Shaharliklar” navbatdagi turni safarda “Everton”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 19 aprel kun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy

O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

Ukraina Amerika qurollarisiz omon qoladimi?
Foto: Getty Images AQSHning keng ko‘lamli urushning uch yili davomida Ukrainaga ko‘rsatib kelingan harbiy yordami to‘xtatilishi mumkin. Har holda, Amerika prezidenti Donald Tramp bu variantni

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,