[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
"Inter" va "Roma" Milanda o‘zaro bahs olib bormoqda, Shomurodovdan assist (video)
+34°
облачно с прояснениями ветер 2.1 м/с, В

"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches kechagi oʻyin haqida nimalar dedi?

Sport 33
"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches kechagi oʻyin haqida nimalar dedi?
Elit OChL 8-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:1) bahsidan soʻng Qatar jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches oʻyindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Oʻyin biz kutgandek qiyin boʻldi. Bahs stsenariysi biz kutgandek boʻlmadi. Birinchi boʻlimdayoq vaziyatni oʻnglab oldik. Ikkinchi golni oʻtkazib yuborganimizdan soʻng biz yaxshiroq oʻynashga intildik, ammo qizil kartochka oʻz soʻzini aytdi. Bunday holatlar kamroq sodir boʻlishi kerak va oʻyin natijasiga ta'sir qilishi kerak emas. Soʻnggi daqiqalarda esa charchab qolgandik va tartib yoʻqoldi. Avvalgi uchrashuvlarda etarlicha oʻyin vaqtiga ega boʻlmagan futbolchilarga bugun imkoniyat berdik va ular oʻzini yaxshi taraflama namoyish etishdi. Endi keyingi muhim oʻyinlarga e'tibor qaratishimiz kerak.

- Jamoangiz pley-off yoʻllanmasini naqd qilib boʻlgandi. Bugungi uchrashuvdagi jamoa ishtiyoqi qanday edi?
- Dastlabki 6ta uchrashuv keyingi bosqichga chiqish uchun etarli boʻldi. Menimcha, biz ancha raqobatdosh jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Biz musobaqaning dastlabki bosqichini top-5da yakunlaymiz, top-8da emas. Mening maqsadim har doim yuqoriroq oʻrinni egallash, ammo katta ehtimol bilan biz toʻrtinchi yoki beshinchi oʻrinni egallaymiz. Biz turli xil kuchli jamoalarga qarshi oʻynadik. Musobaqadagi umumiy ishtirokimizdan qoniqdim. Bugun ham gʻalaba qozonmoqchi edik, ammo natija biz uchun quvonarli boʻlmadi.

- Bugun sovuq havo boʻldi. Ushbu jihat jamoangiz oʻyiniga qanday ta'sir qildi? Qatar jamoalari uchun bunday iqlimda futbol oʻynash noqulaydek tuyuldi.
- Bunday jihatlar bizga bahona boʻla olmaydi. Biz har bir holatga koʻnikib ketishimiz kerak. Sovuq havo bugungi magʻlubiyatga sabab boʻla olmadi. Bunday darajadagi musobaqada har qanday holat roʻy berishi mumkin.

- "Paxtakor" bugun siz kutgandek oʻyin namoyish etdimi yoki raqibda bugun qandaydir kutilmagan yurish boʻldimi?
- "Paxtakor" yangi bosh murabbiy bilan ishlashni boshladi va jamoa oʻzgarib borayotgani aniq, lekin katta "syurpriz"lar boʻlmadi. Ular "Al Garafa"ga qarshi oʻyinda ham shunday oʻynashga intilishgan edi. Yangi xorijlik futbolchi Riaskos bugun darvozamizga ikkita gol urib ketdi. Men "Paxtakor"ni qanday oʻrganib chiqqan boʻlsam, ular hech qanday yangilik taqdim etmadi.

Manba: championat.asia

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?
Pedru Moreyra "Al Sadd"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?
"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va himoyachi Umar Adhamzoda Elit Osiyo Chempionlar ligasi 8-turidan oʻrin olgan "Al Sadd"ga qarshi oʻyin oldidan tashkil etilgan matbuot
Sport 19:52, 16-02-2025
Feliks Sanches: "Oʻzbekiston tarkibi kuchayib bormoqda. Misol, yaqindagina "Siti"ga oʻtgan yosh yigitcha"
Feliks Sanches: "Oʻzbekiston tarkibi kuchayib bormoqda. Misol, yaqindagina "Siti"ga oʻtgan yosh yigitcha"
Qatar terma jamoasini Osiyo chempionligiga etaklagan va hozirgi kunda "Al Sadd" jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches Bas kichik intervyu berdi. Feliks Sanches Bas
Sport 15:22, 17-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
«Paxtakor» Elit OChL 1/8 finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi!
«Paxtakor» Elit OChL 1/8 finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi!
Foto: Paxtakor Ilk bor tashkil etilgan OFK Elit Chempionlar Ligasida qatnashgan «Paxtakor» musobaqaning 1/8 finaliga yoʻlllanmani qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston vakili soʻnggi turda kolumbiyalik
Sport 07:14, 18-02-2025