
Yevropa Ligasi yarim final javob uchrashuvi “Old Trafford”da bo‘lib o‘tdi. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Atletik”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 7:1 hisob bilan finalga yo‘l oldi. Mehmonlar 31-daqiqada Mikel Xauregisar orqali hisobni ochdi, ammo ikkinchi bo‘limda mezbonlar to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi. Mejson Maunt 72 va 90+1-daqiqalarda gol urdi, Kazemiro 79-daqiqada, Rasmus Heylun esa 85-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Manchester Yunayted to‘pga egalik qilishda (52%) va umumiy zarbalarda (11 ta) ustunlik qildi. Atletik esa atigi 1 ta aniq zarba bilan kifoyalandi. Ushbu g‘alaba bilan Manchester Yunayted Yevropa Ligasi finaliga chiqqan ilk jamoa bo‘ldi.