
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu tur doirasida "Andijon" o‘z uyida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Farrux Sayfiyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Jamshid Iskanderov oradagi farqni 2 taga yetkazib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng "yo‘lbarslar" ochkolar sonini 15 taga yetkazib olib, "Bunyodkor" va "Dinamo" bilan tenglashib oldi. "Burgutlar" esa 9 ochko bilan turnir jadvalining 12-o‘rnida qoldi.
"Andijon" – "Neftchi" 0:2
Gollar: 0:1 – 11, Farruh Sayfiyev (G‘ulom Haydar G‘ulomov), 0:2 – 59, Jamshid Iskanderov (Abror Ismoilov)
"Andijon": 25.Valijon Rahimov, 4.Islombek Mamatkazin, 5.Abdulvohid G‘ulomov (11.Islam Mashukov, 84), 6.Altin Kreziu, 7.Rustam Turdimurodov (22.Usmonali Ismonaliyev, 78), 10.Ilhomjon Abdug‘aniyev (9.Mirzad Mehanovich, 66), 13.Sardor Azimov (23.Doniyor Abdumannopov, 46), 18.Damir Temirov, 32. Luka Uskokovich, 33.Oleg Zoteyev, 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farhod Sohibjonov, 66).
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 8.Iskandar Shayqulov, 14.Abdurahmon Komilov, 66.Miomir Jurichkovich.
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4. Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev (14.Jamshid Boltaboyev, 66), 7. Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov (17.Muhammadali G‘iyosov, 90+3), 11.Quvondiq Ro‘ziyev (77.Bilolxon Toshmirzayev, 77), 20.Anvar G‘ofurov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 24.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 32.Zoran Marushich (22.Toma Tabatadze, 78), 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 9.Shohrux Gadoyev, 28.Nodir Komilov, 33.Shohrux Yoqubjonov.
Ogohlantirishlar: Doniyor Abdumannopov (86), Anvar G‘ofurov (88)