
O‘zbekiston Qozog‘istondan bug‘doy importini 30% ga oshirdi, deb upl.uz sayti xabar berdi.
"Qazaqstan temir joly" ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil sentabrdan 2025-yil aprelgacha Qozog‘iston 7,6 million tonna yangi hosil bug‘doyini eksport qilgan. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 58% ko‘proq bo‘lib, talabning ortganini ko‘rsatadi.
Qozog‘iston bug‘doyining asosiy xaridori — O‘zbekiston bo‘lib, 2,7 million tonna mahsulot import qilgan. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 30% ko‘p. O‘zbekiston umumiy eksportning uchdan bir qismini egallagan.
Ikkinchi o‘rinda Tojikiston — 1,1 million tonna (1,5 barobar o‘sish), uchinchi o‘rinda Eron — 889 ming tonna (16 baravar o‘sish).
Ozarbayjonga eksport 114 baravar oshib, 569 ming tonnaga yetgan. Afg‘oniston esa 270 ming tonna bug‘doy xarid qilgan — bu 33% ko‘p. Qirg‘iziston esa 181 ming tonna import qilgan, bu ikki baravar ko‘p degani.
2025-yil mart oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” va “Qazaqstan temir joly” kompaniyalari Qozog‘iston bug‘doyini Afg‘onistonga tranzit qilish tarifini 40% ga kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Chegirma Oazis (Qoraqalpog‘iston) — Galaba (Surxondaryo) yo‘nalishiga tegishli.
2024-yilda Qozog‘iston so‘nggi 10 yildagi eng katta bug‘doy hosilini yig‘ib oldi va bu eksportni sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Ozarbayjon