
2025-yil aprel oyida O‘zbekiston birinchi marta bir oy ichida 1 milliondan ortiq turistni qabul qildi, deb Kursiv Uzbekistan sayti xabar berdi.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlarning asosiy qismi Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.
Qo‘mita vakillarining ta’kidlashicha, bu raqam tarixiy yutuq bo‘lishi bilan birga, turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlarning samarasi hisoblanadi.
Kelgusida O‘zbekiston xorijiy turistlar uchun xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mamlakat turizmining jahon bozoridagi mavqeini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Kursiv Uzbekistan