
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekiston 885,8 ming dona mobil telefon import qilgan, deb Kursiv Uzbekistan sayti xabar berdi.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy import qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Importning katta qismini — 679 ming dona — Xitoy yetkazib bergan. Shuningdek, Vetnamdan 175 ming dona, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 15,5 ming dona telefon olib kirilgan.
O‘zbekiston, Xitoy, Vetnam, Birlashgan Arab Amirliklari, Kursiv Uzbekistan