
O'zbekistonda veb-saytlar va onlayn platformalar faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun ishlab chiqilmoqda, deb Nova24.uz xabar berdi.
Ushbu qonun foydalanuvchilarning huquqlarini belgilash va ularni yolg'on ma'lumotlar, nafratni qo'zg'atuvchi, zo'ravonlik va shafqatsizlikni targ'ib qiluvchi noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan.
Qonun loyihasi AİMK tomonidan davlat organlari, jamoat tashkilotlari va media sohasi mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilmoqda.
Blogerlar, inflyuenserlar va platformalarning davlat bilan konstruktiv hamkorligini rivojlantirish ham maqsad qilingan.
Shuningdek, u internetdagi ma'lumotlar oqimini tartibga solish hamda sayt egalari uchun faoliyat yuritish shartlarini aniqlashtirishni nazarda tutadi.
Ozbekiston, Nova24.Uz, Ai̇mk, Blogerlar, Inflyuenserlar