[lang_ru][/lang_ru]
[lang_uz]Bugun[/lang_uz][lang_ru]Сегодня[/lang_ru][lang_en]Today[/lang_en]
Putin Ramzan Qodirovning iste’fosi bo‘yicha qanday munosabat bildirdi?
+30°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Sog‘likni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Oʻzbekiston
39
Sog‘likni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi
Yig‘ilishda tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.

«Belgilangan islohotlarimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz», - dedi Prezident.

Lekin mutasaddilar tizimni to‘liq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy «elektron retsept»ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. «Elektron poliklinika», «Elektron shifoxona»ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar bor.

«Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini o‘zgartirib, fidoyi bo‘lmasa, mas’uliyatni his qilib, so‘rovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi», - dedi davlat rahbari.

Shu bois, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar uchun sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari D.Sultanov, F.Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir o‘rinbosari O.Omonov 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
Toshkent, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona

[lang_uz]O‘xshash yangiliklar[/lang_uz] [lang_ru]Похожие новости[/lang_ru] [lang_en]Similar news[/lang_en]

Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
Rossiya Ukraina janubini nega bu qadar tez ishg‘ol qilgandi?
2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boshlagandi. Yurish bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda: janub, sharq va shimoldan olib boriladi. Biroq,
Dunyo 13:41, 28-02-2025
3–5 aprel kunlari Samarqandga kirish cheklanadi
3–5 aprel kunlari Samarqandga kirish cheklanadi
Samarqand 3–5 aprel kunlari Yevroittifoq–Markaziy Osiyo sammiti munosabati bilan vaqtincha yopiladi, deb Autostrada.uz xabar berdi. 2025-yil 3, 4 va 5-aprel kunlari Samarqandda Yevropa Ittifoqi va
Avto 17:25, 31-03-2025
Levi's® ning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash
Levi's® ning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash
21 mart kuni, Navro‘z bayramida, Levi's® brendi rasman O‘zbekistonga qaytadi. Uzoq tanaffusdan so‘ng kompaniya to‘liq yangilanishdan o‘tdi va endi yangi jamoa boshchiligida o‘z eshiklarini moda
Jamiyat 16:02, 21-03-2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Raqobat qo‘mitasi Pepsi savdo belgisiga egalik qiluvchi «International Beverages Tashkent» kompaniyasiga Baraka market supermarketlar tarmog‘ini sotib olishga ruxsat bergan. Bu haqda qo‘mita axborot
Iqtisodiyot 14:10, 3-03-2025
"Tashkent Grand Slam 2025" turniriga qur’a tashlandi
"Tashkent Grand Slam 2025" turniriga qur’a tashlandi
Ertaga poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqa start oladi. Biroz
Sport 19:08, 27-02-2025